Rasman. «Roma»da ijarada o'ynayotgan futbolchi «Aston Villa»ga qaytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 47

"Roma" o'z saytida "Aston Villa" bilan vinger Leon Beylining ijarasini to'xtatish bo'yicha kelishuvga erishganini e'lon qildi. Yamaykalik 28 yoshli futbolchi yana ingliz klubiga qaytdi.
Ijara muddati davomida Beyli 11 ta rasmiy o'yinda maydonga tushdi. Ularda futbolchi sheriklariga ikkita golli uzatma berdi.
"Roma" Italiya chempionati turnir jadvalida to'rtinchi o'rinda bormoqda. Jamoa 22 yanvar, payshanba kuni Evropa ligasi doirasida "Shtutgart"ga qarshi uy uchrashuvini o'tkazadi.
Eslatib o'tamiz, Leon Beylining "Aston Villa" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yarmigacha mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
372