Futzal. O'zbekiston milliy terma jamoasi bugun tunda Osiyo kubogida ishtirok etish uchun Jakartaga uchib ketadi (Qaydnoma)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 614

Osiyo Kubogi-2026 musobaqasi final bosqichi bahslarida ishtirok etish uchun O'zbekiston milliy terma jamoasi bugun tunda Jakarta shahriga uchib ketadi.
Indoneziya mamlakati poytaxtida bo'lib o'tadigan bahslarini terma jamoamiz "C" guruhida to'rt karra Osiyo chempioni — Yaponiya, shuningdek, yon qo'shnilarimiz — Tojikiston va yashil qit'a vakillari — Avstraliya terma jamoasiga qarshi o'tkazishadi. Qit'a chempionati bahslari 2026 yilning 27 yanvar – 6 fevral sanalarida Indoneziya poytaxtidagi "Jakarta Arena" (sig'imi 16500 tomoshabin) va "Jakarta xalqaro volodromi" (sig'imi 8500 tomoshabin) sport majmualarida bo'lib o'tadi.
Osiyo kubogi-2026 saralash musobaqasida ishtirok etuvchi O'zbekiston milliy terma jamoasiga "Oil Star" (4 nafar), "Nasaf" (3 nafar), BMB (2 nafar), OKMK (2 nafar), SQB (2 nafar), "Lokomotiv" (1 nafar) jamoalaridan jami 14 nafar o'yinchi jalb etilgan.
Osiyo kubogi-2026 musobaqasiga yo'l olayotgan O'zbekiston delegatsiyasi tarkibi
Delegatsiya rahbari – Rustam Zuparov
Bosh murabbiy – Nodir Eliboev
Darvozabonlar bo'yicha murabbiy – Vitor Vianna
Jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy – Teyshera Mourisio.
Shifokor – Laziz Teshaboev
Fizioterapevtlar – Rasul Dayanov, Abdurahim Sarimsoqov
Ma'mur – Shahboz Jo'raev
Xalqaro aloqalar departamenti boshlig'i — Gayrat Azizxodjaev
Matbuot xizmati vakili – Nodir A'zamov
Darvozabonlar:
• Shavkat Ibragimov (“Oil Star”)
• Abbos Elmurodov (“BMB PFK”)
Himoyachilar:
• Ilhomjon Hamroev (“Oil Star”)
• Sunnatilla Jo'raev (“Nasaf”)
• Anasxon Rahmatov (“Nasaf”)
Qanot o'yinchilari:
• Shaxram Faxriddinov (OKMK)
• Xayrulla Solixov (OKMK)
• Samariddin Berkinov (“Oil Star”)
• Abror Axmedzyanov (SQB)
• Akbar Usmonov (SQB)
• Ixtiyor Ropiev (“Nasaf”)
• Eldor Nigmatov (“Lokomotiv”)
Hujumchilar:
• Muzaffar Ahadjonov (“BMB PFK”)
• Elbek To'lqinov (“Oil Star”)


Bosh sahifaga
258