"Sporting" bosh murabbiyi "PSJ" ustidan qozonilgan g'alabani izohladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1044

Evropa Chempionlar Ligasi musobaqasining umumiy bosqichida Lissabonning "Sporting" klubi o'z maydonida "PSJ"ni sensatsion tarzda 2:1 hisobida mag'lub etdi.
Bu natija haqida portugaliyaliklar ustozi Ruy Borjes o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Bizga juda kuchli jamoa qarshilik ko'rsatdi. Bu uchrashuvda ko'p narsa xavf ostida edi. Yigitlarim haqli ravishda g'alaba qozonib, nomlarini tarixga muhrlashdi. "Sporting" o'z maydonida yutqazmayapti va Evropaning amaldagi chempionini mag'lub etmoqda. Biz eng kuchlilar bilan kurashishda davom etamiz," - deya murabbiyning so'zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.
G'alabadan so'ng "Sporting" 13 ochko jamg'arib, turnir jadvalida oltinchi o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
253