"Inter" sobiq futbolchisi hozirda Evropaning eng kuchli jamoasi qaysi ekanligini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 490

Milanning "Inter" klubi sobiq futbolchisi Juzeppe Bergomi Londonning "Arsenal" klubining joriy mavsumdagi o'yini haqida fikr bildirdi. U "kanonirlar"ni Evropaning eng yaxshi jamoasi deb hisoblaydi.
"Kechagi o'yin oldidan londonliklarning zaif nuqtalari yo'qligini aytgandim. "Arsenal"ning "neradzurrilar"dan jismoniyat va texnikada ustunligi bor edi. Hozir Mikel Arteta jamoasini Evropaning eng kuchli jamoasi deb ayta olaman," - deya sobiq futbolchining so'zlarini keltiradi TuttoMercatoWeb.
Eslatib o'tamiz, Chempionlar ligasi umumiy bosqich 7-turidan o'rin olgan "Inter" - "Arsenal" bahsi mehmonlarning 3:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
Ortda qolgan 7 o'yindan so'ng "kanonirlar" 21 ochko bilan musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Bosh sahifaga
258