Peti: «PSJ» Shevale bilan chempion bo'la olmaydi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 861

Londonning "Arsenal" klubi va Frantsiya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Emmanuel Peti "PSJ" darvozaboni Lyuka Shevalening Evropa Chempionlar Ligasi umumiy bosqichi doirasida Lissabonning "Sporting" klubiga qarshi safar o'yinidagi harakatlarini baholadi.
Uchrashuvda parijliklar 1:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi.
"Birinchi o'tkazib yuborilgan gol uchun Shevale aybdor emas, ikkinchisi haqida esa bunday deb bo'lmaydi. Donnarummani tez-tez tanqid qilishsa-da, u har doim muhim o'yinlarda yaxshi o'ynagan. Ikkinchi gol urilgan vaziyatda Lyuka dovdirab qoldi. U qo'pol xatoga yo'l qo'ydi deb o'ylayman. Agar klub chempion bo'lishni istasa, bunday darvozabonga ishonib bo'lmaydi", - deya Emmanuelning so'zlarini keltiradi RMC Sport.

Bosh sahifaga
293