Tibo Kurtua yirik g'alaba haqida o'z fikrlarini bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 360

"Real" darvozaboni Tibo Kurtua "Monako" ustidan qozonilgan yirik g'alabadan (6:1) so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Biz ajoyib o'yin o'tkazdik. O'ylaymanki, muxlislarimiz jamoa o'yinidan zavq olishdi. "Real" oldinga qadam tashladi. O'yin bizning nazoratimiz ostida edi. Raqibda ham vaziyatlar bo'ldi, ammo men bir nechta yaxshi seyvlarni amalga oshirdim," - deya belgiyalik posbonning so'zlarini keltiradi Marca gazetasi.
O'z maydonidagi muvaffaqiyat evaziga "qirollik klubi" 15 ochko jamg'arib, turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda. Alvaro Arbeloa shogirdlari peshqadam "Arsenal"dan 6 ochko ortda qolmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
253