Konte uchun EChL juda qiyin musobaqa hisoblanadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 450

Antonio Konte Chempionlar Ligasida deyarli bir xil miqdorda g'alaba, durang va mag'lubiyat qayd etgan.
Uning qo'l ostidagi "Napoli" kecha "Kopengagen" bilan durang o'ynadi - 1:1.
Turnirning joriy mavsumida neapolliklar ikkita g'alaba, ikkita durang va uchta mag'lubiyat qayd etishgan. Ular sakkiz ochko to'plashdi va turnirni tark etish xavfi ostida.
Umuman olganda, Konte bosh murabbiy sifatida EChLda 49 ta o'yin o'tkazgan. Uning hisobida 17 g'alaba, 16 durang va 16 mag'lubiyat bor.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
276