Semeno o'rniga braziliyalik iqtidor keladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 867

"Bornmut" klubi "Vasko da Gama" bilan hujumchi Rayan Roshi transferi bo'yicha kelishib oldi.
Jurnalistlar Ben Jeykobs va Aleks Krukning ma'lum qilishicha, APL klubi braziliyaliklar bilan "Manchester Siti"ga o'tgan Antuan Semenoning o'rnini bosadigan 19 yoshli vinger transferi bo'yicha printsipial kelishuvga erishgan.
"Bornmut" taxminan 30 million funt to'laydi, Rayan shu hafta tibbiy ko'rikdan o'tishga ruxsat olgan.
Eslatib o'tamiz, avvalroq "Zenit" Rayan uchun taxminan shuncha - 35 million evro taklif qilgan, ammo rad javobini olgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
349