Mbappe - Vinisiusga: "Real"ning barcha muxlislari sen bilan" (Foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 33

"Real" hujumchisi Kilian Mbappe Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 7-turidan o'rin olgan "Monako"ga (6:1) qarshi o'yindan keyin vinger Vinisius Juniorni qo'llab-quvvatladi.
La Liga doirasidagi "Levante"ga (2:0) qarshi o'yinda "Madrid" muxlislari hushtakbozligiga uchragan braziliyalik futbolchi kecha gol urib, ikkita golli uzatmani amalga oshirdi va EChL o'yinining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
"MVP Vini. Juda xursandman, birodarim. Barcha "madridista" ("Real" muxlislari) sen bilan!!!" - deb yozdi Mbappe Instagram'dagi stories’ida.

Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
345