"Real"ga Xolandning transfer summasi aytildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 414

"Manchester Siti"ning norvegiyalik to'purari Erling Xoland hamon "Real"ning qiziqishlar doirasida bo'lib turibdi, deb xabar bermoqda Fichajes jurnalistlari.
Manbaga ko'ra, ingliz top-klubi skandinaviyalik markaziy hujumchi uchun taxminan 200 million evro to'lansa, u bilan xayrlashishi mumkin. Agar madridliklarni braziliyalik Vinisius Junior tark etsa, uni sotishdan tushgan mablag' Xolandni sotib olishga sarflanadi.
25 yoshli hujumchi 2022 yilning yozidan beri "shaharliklar" sharafini himoya qilmoqda. Erling va ingliz klubi o'rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi muddati 2034 yilning iyun oyi oxirida tugaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
279