"Tottenxem" va "Manchester Yunayted" Bundesliga klubi yarim himoyachisi uchun kurash olib boradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 416

Dortmundning "Borussiya" klubi markaziy yarim himoyachisi Feliks Nmecha Angliya Premer-ligasiga ko'chib o'tishi mumkin. Bu haqda BILD xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, 25 yoshli xavbek xizmatiga "Tottenxem" va "Manchester Yunayted" klublari qiziqish bildirmoqda. Biroq, "asalarilar" joriy transferlar davrida o'z yarim himoyachisini 60 million evrodan kamiga qo'yib yubormasligi aytilmoqda.
Nmecha 2023 yilda "Borussiya" futbolchisiga aylangandi. Klub uning uchun "Volfsburg"ga 30 million evro to'ladi. Joriy mavsumda germaniyalik futbolchi barcha musobaqalarda 28ta o'yinda maydonga tushib, 5 marta raqiblar darvozasini ishg'ol qildi va 3ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
Transfermarkt portali mutaxassislari yarim himoyachining narxini 45 million evroga baholamoqda.

Bosh sahifaga
312