"Manchester Yunayted" yarim himoyachisini "Ayaks"ga qo'yib yubormayapti
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 47

"Manchester Yunayted" sharafini himoya qilayotgan urugvaylik Manuel Ugarte Niderlandiya chempionatida ishlash imkoniyatiga ega. Bu haqda The Athletic jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, yarim himoyachiga Amsterdamning "Ayaks" klubi qiziqish bildirmoqda. Niderlandiya top-klubi futbolchini ijaraga olmoqchi. Biroq, "qizil iblislar" bosh murabbiy o'zgarganidan keyin futbolchi bilan xayrlashmoqchi emas.
Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida 24 yoshli urugvaylik 16 ta o'yin o'tkazdi. Yarim himoyachi birorta ham golli harakat amalga oshirmadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
303