Flik: "Yomon o'yin ko'rsatib yutqazgandan ko'ra, shunday yutqazgan afzal"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 3865

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik seshanba kungi matbuot anjumanida Ispaniya La Ligasida "Real Sosedad"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng jamoa qay ahvolda ekani haqidagi savolga javob berdi.
"Yakshanba kungi o'yindagi natijadan hafsalam pir bo'ldi, ammo bu futbol. Yomon o'yinda yutqazgandan ko'ra, shunday yutqazgan yaxshiroq. Bu bizga qilayotgan ishimizga ko'proq ishonch beradi, ammo raqib darvozasi oldida yanada qat'iyatli bo'lishimiz kerak.
Bizda ulkan salohiyat bor va ishlashda davom etishimiz kerak. Biz yuqoriroq darajaga ko'tarilishimiz mumkin," - dedi Flik.
21 yanvar, chorshanba kuni "Barselona" Chempionlar ligasi doirasida "Slaviya" mehmoni bo'ladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
312