Haydovchi "Rubin"ni boshqa stadionga olib bordi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 416

Rossiya Premer-ligasining navbatdagi turida Qozonning "Rubin" klubi safarda "Tambov" klubi bilan durang o'ynadi. "Tambov" klubi kuzdan beri uy o'yinlarini Nijniy Novgorod shahridagi stadionda o'tkazib kelmoqda.
Ushbu uchrashuv oldidan g'alati voqea yuz berdi: Tambovlik bo'lgan avtobus haydovchisi Leonid Slutskiy jamoasini boshqa stadionga olib borib qo'ydi. Haydovchi Jahon chempionati o'yinlari o'tkazilgan stadionga borish o'rniga, jamoani "Lokomotiv" stadioni tomon boshladi.
Shu tariqa, "Rubin" klubi 50 daqiqa vaqtini yo'l uchun sarfladi va uchrashuv boshlanishiga 55 daqiqa qolganida stadionga etib bordi.
Biznes Online nashrining tarqatgan xabariga qaraganda, shu haydovchi "Rubin" klubini o'yindan bir kun avval bo'lib o'tgan mashg'ulotidan so'ng, qozonliklarni aynan yangi stadiondan mehmonxonagacha olib borib qo'ygandi. Biroq, u birinchi marta yordamchisi bilan birga avtobus haydagan va o'zi stadion manzilini aniqlab beradigan navigatorga noto'g'ri manzilni kiritib qo'ygan.
Qolaversa, "Rubin" klub rahbariyati va jamoa bosh murabbiyi Slutskiy haydovchiga noto'g'ri yo'l bilan ketayotganini aytishgan, biroq, haydovchi to'g'ri yo'l bilan ketayotganini qat'iyatlik bilan aytgan.

Bosh sahifaga
236