Vinisius "Real"dagi kelajagi haqida muhim bayonot berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 427

Madridning "Real" klubi hujumchisi Vinisius Junior klubni tark etishi haqidagi savolga javob berdi.
25 yoshli futbolchi Chempionlar ligasi doirasida "Monako"ga qarshi kechgan o'yinda (6:1) qahramon bo'ldi va o'z hisobiga gol hamda ikkita golli uzatma yozdirib qo'ydi hamda uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi sovrini bilan taqdirlandi.
"Real"da uzoq vaqt qolmoqchiman. Shartnomammi? Yana bir yil qoldi, biz juda xotirjammiz. Men Florentino Peresga ishonaman, u menga ishonadi, munosabatlarimiz juda yaxshi. Vaqti kelganda hammasini hal qilamiz. Shoshilishning hojati yo'q," - deya Vinisiusning so'zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
400