Slot Xabi Alonso haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 440

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot uning o'rniga Xabi Alonso tayinlanishi mumkinligi haqidagi ma'lumotga izoh berdi.
Ispaniyalik mutaxassis "Real"dan iste'foga chiqarilgach, ishsiz qoldi. O'shandan beri OAVda "qizillar"ning sobiq yarim himoyachisi hozirgi bosh murabbiy o'rniga kelishi mumkinligi haqida tinimsiz gap-so'zlar yuribdi.
"U menga qo'ng'iroq qilib, shu erda ishlashini aytdimi? Yo'q, yo'q, yo'q. Menga berilgan eng g'alati savollardan biri. Bu haqda nima deyishim mumkin? Bir yarim yildan beri shu erdaman, garchi hozir bizda jiddiy qiyinchiliklar bo'lsa-da, ishim o'zimga yoqadi, bu aniq," - dedi Slot Chempionlar Ligasi doirasidagi "Marsel"ga qarshi o'yin oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida.
Niderlandiyalik murabbiyning shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Bosh sahifaga
362