"Boshqa daraja": Kivu APL va A Seriyani taqqosladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 463

Milanning "Inter" klubi bosh murabbiyi Kristian Kivu Londonning "Arsenal" klubidan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng (1:3) Angliya Premer-ligasi va A Seriyani taqqosladi.
"Neradzurrilar" seshanba kuni bo'lib o'tgan Chempionlar ligasi uchrashuvida "kanonirlar"ga imkoniyatni boy berib qo'ydi.
"Agar intensivlik haqida gapiradigan bo'lsak, Premer-liga eng yuqori darajada, biz Italiyada bunga o'rganmaganmiz. Buni futbolchilarga etkazishga harakat qilaman, maydonda nima qilish kerakligini ko'rsataman, lekin hammasi oson emas. Biz o'sishda davom etmoqdamiz va to'g'ri yo'ldan ketayotganimizga ishonamiz," - dedi Kivu Sky Sportga bergan intervyusida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
297