Vinisius: "Sheriklarim menga gol urish vaqtim kelganini aytishdi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 850

"Real"ning yulduz hujumchisi Vinisius Junior Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 7-turida "Monako"ga qarshi o'yinda urgan goli haqida fikr bildirdi. "Qaymoqranglilar" ushbu bahsda 6:1 hisobida g'alaba qozondi.
"Juda chiroyli lahza bo'ldi. Bundan oldin sheriklarimga golli uzatmalar berdim, yigitlar esa endi mening o'zimga ham gol urish vaqti kelganini aytishdi. Menga ishonishlari juda muhim. Agar eng yaxshi formaga chiqsak, juda ko'p narsaga qodir bo'lamiz", — deya braziliyalik futbolchining so'zlarini "Real" matbuot xizmati keltirdi.
Ushbu o'yinda Vinisius 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
294