"Barselona" prezidenti futbolchilarga murojaat bilan chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 471

"Barselona" prezidenti Joan Laporta jamoa La Liganing 20-turida "Real Sosedad"ga (1:2) hakamlar tufayli mag'lub bo'lganini aytdi.
29-daqiqada Xesus Xil Mansano boshchiligidagi hakamlar jamoasi ofsayd sabab Lamin Yamalning golini bekor qildi. Bosh hakam Karlos del Serro Grande mas'ul bo'lgan VAR bu qarorni o'z kuchida qoldirdi.
Dushanba kuni Laporta "Barsa" futbolchilari va murabbiylari oldida nutq so'zlab, jamoani "Sosedad" bilan o'yin uchun maqtadi. Klub rahbari shu ruhda davom etishga chaqirdi, deb xabar beradi Mundo Deportivo.
Shuningdek, Laporta jamoaga mag'lubiyat ko'p jihatdan hakamlarning "g'azablantiruvchi" ishi bilan izohlanishini aytdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
389