Grilish bir necha oyni o'tkazib yuborishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 23

Jek Grilish jarohati tufayli qishning qolgan qismini o'tkazib yuborishi mumkin.
The Athletic xabar berishicha, shifokorlar oyoq panjasida zo'riqish natijasida sinish borligidan shubhalanmoqda. Ushbu jarohat sabab angliyalik futbolchi bir necha oyga safdan chiqishi mumkin. Yaqin kunlarda uni mutaxassis ko'rikdan o'tkazadi.
Grilish "Manchester Siti"dan 50 mln funtga sotib olish huquqi bilan ijaraga olingan. Joriy mavsumda Jek APLda 20 ta o'yinda maydonga tushdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
381