"Liverpul" Saloh qaytganini e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2224

"Liverpul" jamoaning Frantsiyaga uchishidan oldin olingan suratlarini ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qildi. Chorshanba kuni "qizillar" Chempionlar ligasi doirasida "Marsel" mehmoni bo'ladi.
Suratlarda hujumchi Muhammad Salohni ko'rish mumkin. Bu misrlik ham o'yinga uchib borishini anglatadi. Kuni kecha Saloh Afrika Millatlar Kubogida Misr terma jamoasi safida maydonga tushganidan so'ng "Liverpul" qarorgohiga qaytdi.
Eslatib o'tamiz, Misr terma jamoasi Afrika Millatlar Kubogida to'rtinchi o'rinni egallagan edi. Bronza medali uchun kechgan bahsda misrliklar Nigeriyaga 0:0 hisobidagi durangdan so'ng penaltilar seriyasida mag'lub bo'lishdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
382