«Slaviya» ustozi «Barsa»ga qarshi o'yin haqida fikr bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2210

Praganing "Slaviya" klubi bosh murabbiyi lavozimida ishlab kelayotgan Indrjix Trpishovski "Barselona"ga qarshi o'yin haqida fikr bildirdi.
Chempionlar ligasi umumiy bosqich 7-tur uchrashuvi ertaga, 21 yanvar kuni bo'lib o'tadi.
"Biz bilamizki, ularning tizimi ko'pincha mudofaada muammolarga olib keladi. Yaxshi bosim o'tkaza olamiz deb umid qilaman. Bunday raqibga qarshi xato qilish mumkin emas, chunki ular buning uchun sizni jazolashadi," - deya murabbiyning so'zlarini keltiradi Diario Sport.
"Slaviya" Chempionlar ligasi turnir jadvalida 3 ochko bilan 33-o'rinda bormoqda. "Ko'k-anorranglilar" esa 10 ochko bilan 15-pog'onada bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
361