Edin Jeko yangi klubi bilan kelishib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 943

Hozirda Italiyaning "Fiorentina" klubi sharafini himoya qilayotgan markaziy hujumchi Edin Jeko yangi jamoaga o'tishga yaqin. Bu haqda jurnalist Patrik Berger xabar berdi.
Avvalroq Germaniyaning "Shalke 04" klubi bosniyalik forvardga qiziqish bildirayotgani aytilgan edi. Hozirgi paytda Jekoning shaxsiy shartnoma shartlari kelishib olingan, endi klublar transfer tafsilotlari bo'yicha muzokaralarni yakunlashini kutmoqda.
Joriy mavsumda 39 yoshli hujumchi 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urgan.
Eslatib o'tamiz, Jeko Germaniyada avval ham to'p tepgan — u "Volfsburg" safida o'ynagan. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 1,5 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
368