Kafu Messi va Ronaldu o'rtasida tanlov qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 666

O'tmishda mashhur bo'lgan braziliyalik futbolchi Kafu Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.
"Messi to'pni maydon markazida qabul qilib oladi, aql bovar qilmas driblinglar va kombinatsiyalarni amalga oshiradi. Krishtianu esa kuchga tayanib, fenomenga aylanish uchun tinimsiz mehnat qiladi. Ikkalasi ham fantastik. Kimni tanlayman? Messini", — deya Kafuning so'zlarini keltiradi Barca Worldwide.
Lionel Messi o'tgan yili "Inter Mayami" bilan yangi shartnoma imzolagan bo'lib, u 2028 yil oxirigacha amal qiladi. Krishtianu Ronaldu esa 2024 yilda "An-Nasr" bilan shartnoma tuzgan — kelishuv 2027 yil o'rtalarigacha mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
277