«Lokomotiv» serbiyalik yarim himoyachi transferini e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 702

Yangi mavsumga hozirlik ko'rayotgan "Lokomotiv" serbiyalik futbolchi Yovan Nishich bilan shartnoma imzoladi.
Ma'lumot uchun, Yovan Nishich 1998 yil 3 mart kuni tug'ilgan bo'lib, markaziy yarim himoyachi ampluasida to'p tepadi.
U Toshkentga kelguniga qadar faoliyatining oxirgi qismini Serbiya chempionati vakili "Radnichki Nish" klubida o'tkazdi.
Ushbu futbolchi o'z vaqtida Serbiya o'smirlar va yoshlar terma jamoalarida ham bir nechta o'yinda maydonga tushgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
285