«Man Siti» «Real» yulduzini yozdagi asosiy maqsadi sifatida belgiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 48

Madridning "Real" klubi hujumkor yarim himoyachisi Jud Bellingem faoliyatini vatanida davom ettirishi mumkin.
Marca nashri xabariga ko'ra, 22 yoshli ingliz futbolchisini "Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola yozdagi asosiy transfer maqsadi sifatida belgilagan. "Shaharliklar" bu transfer uchun 150 million evro to'lashga tayyor.
Bellingem 2023 yilning yozida "Borussiya" Dortmunddan 127 million evroga sotib olingandi. Uning shartnomasi 2029 yil yozigacha mo'ljallangan.
Jud joriy mavsumda jami 24 ta o'yinda 5 ta gol urib, 4 ta golli uzatma berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
302