"Manchester Yunayted"ga Niko Kovach qiziq
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 405

"Manchester Yunayted" bosh murabbiylikka Niko Kovach nomzodini ko'rib chiqmoqda.
Sky Sport xabariga ko'ra, 54 yoshli mutaxassis ingliz klubining short-listidan o'rin olgan. Mankunianliklar murabbiyning kelajagi bilan bog'liq vaziyatni surishtirdi. Bundan tashqari, uning nomzodi "Chelsi"da Entso Mareskaning iste'fosidan keyin va Liam Rosenor tayinlanishidan oldin muhokama qilingan.
Qayd etilishicha, Kovach hozirda bor e'tiborini Dortmundning "Borussiya"sida ishlashga qaratgan, biroq kelajakda Angliyada ishlashga tayyor. Uning nemis klubi bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan.
Ayni paytda "Manchester Yunayted"ni Maykl Kerrik boshqarmoqda. U mavsum oxirigacha tayinlandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
315