Oskar Bobb "Manchester Siti"dan "Fulxem"ga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1140

"Fulxem" "Manchester Siti" vingeri Oskar Bobb transferi bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.
Fabritsio Romanoning ma'lum qilishicha, londonliklar 22 yoshli futbolchi uchun 35 million funtga yaqin mablag' taklif qilishgan.
Bobbga Dortmundning "Borussiya" klubi ham qiziqish bildirmoqda. Tez orada nemis klubi taklif bilan chiqish yoki chiqmaslik borasida bir qarorga keladi.
Norvegiyalik futbolchi joriy mavsum APLda 9 ta o'yinda maydonga tushdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
402