"Liverpul" top-himoyachi uchun 90 mln evro berishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 343

Londonning "Tottenxem" klubi safida to'p tepayotgan niderlandiyalik himoyachi Mikki van de Ven Angliyaning amaldagi chempioni "Liverpul" qiziqishlari doirasida bo'lib turibdi. Bu haqda Fijaches jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, mersisaydliklar "shporlar"ga futbolchining transferi uchun 90 million evro berishga tayyor. Van de Venning londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning iyun oyi oxirida o'z nihoyasiga etadi.
Angliya premer-ligasining joriy mavsumida 24 yoshli himoyachi "Tottenxem" safida 21 ta uchrashuv o'tkazdi. Niderlandiyalik futbolchi 3 ta gol va bitta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
394