"Arsenal" "Inter" himoyachisiga qiziqib qoldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 974

Milanning "Inter" klubi himoyachisi Federiko Dimarko Angliya premer-ligasining top-klublaridan birining qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. Bu haqda Tuttosport jurnalistlariga ma'lum qilindi.
Manbaga ko'ra, 28 yoshli o'ng qanot himoyachisini Londonning "Arsenal" klubi o'z safiga qo'shib olmoqchi. Dimarkoning transfer narxi 50 million evroga baholanmoqda. Himoyachining amaldagi mehnat shartnomasi muddati 2027 yil iyun oyi oxirida tugaydi.
Federiko Italiya chempionatining joriy mavsumida "neradzurrilar" safida 19 ta bahsda maydonga tushib, 4 ta gol va 5 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. U milanliklar safida 2018 yildan buyon to'p tepib kelmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
419