Saybariy Eduard Mendidan uzr so'radi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 270

Marokash terma jamoasi yarimhimoyachisi Ismoil Saybariy Senegal terma jamoasi darvozaboni Eduard Mendidan Afrika Kubogi finalidagi xatti-harakati uchun uzr so'radi.
Senegalliklar hal qiluvchi o'yinda marokashliklarni mag'lub etib, turnirda g'alaba qozondi. O'yin davomida marokashlik bolboylar Mendining sochig'ini olishga bir necha bor urinib ko'rishdi.
Saybariy raqibning zaxira darvozaboni Evan Diufga Mendining sochig'ini uzatishiga xalaqit berdi.
Dushanba kuni marokashlik futbolchi Senegal terma jamoasi joylashgan mehmonxonaga kelib, Eduard bilan uchrashdi. Ular qo'l siqishdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
429