"Marsel" Nvanerini "Arsenal"dan ijaraga olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 708

"Marsel" yarimhimoyachi Itan Nvaneri transferi bo'yicha "Arsenal"ga rasmiy taklif bilan chiqdi.
Insayder Fabritsio Romanoning ta'kidlashicha, gap sotib olish huquqisiz mavsum oxirigacha ijaraga olish haqida ketmoqda, frantsuzlar 18 yoshli inglizning barcha maoshini to'lashga tayyor.
Agar kelishuv amalga oshsa, "Marsel" ijara uchun 3 million evrodan ko'proq to'lashi mumkin, ammo bu summa muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'lishni istayotgan Itanning o'yinlariga bog'liq. "Arsenal" shartlarni muhokama qilishga tayyor, muzokaralar olib borilmoqda.
Nvaneri bu mavsum APLda bor yo'g'i 6ta o'yinda maydonga tushib, o'rtacha 27 daqiqadan harakat qildi va biror marta ham gol ura olmadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
429