Ter Shtegen tez orada «Jirona» uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 678

"Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen yaqin orada "Jirona"ga tibbiy ko'rikdan o'tish uchun yo'l oladi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Manba ma'lumotlariga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" ter Shtegen transferiga yashil chiroq yoqqan va u bugunoq "Jirona" safiga qo'shilishi mumkin. Qayd etilishicha, 33 yoshli nemis darvozabon mavsum oxirigacha ijara asosida "oq-qizillar" tarkibida o'ynaydi. Shartnomada sotib olish bandi nazarda tutilmagan.
Joriy mavsumda ter Shtegen Ispaniya Kubogida faqat bitta o'yinda maydonga tushdi va unda gol o'tkazmadi.
Darvozabonning "Barselona" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilga qadar amal qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
345