Matis Tel «Tottenxem»ning EChL uchun qaydnomasidan yana chiqarib yuborildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 767

"Tottenxem" bosh murabbiyi Tomas Frank yana bir bor jamoa hujumchisi Matis Telni Chempionlar ligasi uchun qaydnomadan chiqarib tashladi.
Insayder Fabritsio Romano xabar berishicha, Frank qaydnomada Dominik Solanke uchun joy ochgan va yagona variant Telni ro'yxatdan chiqarish bo'lgan. Qayd etilishicha, frantsuz hujumchisi va uning atrofidagilar bu qarordan juda norozi.
Eslatib o'tamiz, avval boshda Tel joriy mavsum Chempionlar ligasining umumiy bosqichi uchun qaydnomaga kiritilmagan edi, keyinchalik esa Frank uni ro'yxatga qo'shgan.
Joriy mavsumda 20 yoshli Tel barcha musobaqalarda 20 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
345