Manba: Saudiya klubi Vinisius uchun «Real»ga 230 million evro taklif qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 36

"Real" hujumchisi Vinisius Junior Saudiya Arabistoni klublari qiziqish doirasida qolmoqda.
Indykaila News xabar berishicha, o'tgan dam olish kunlari nomi oshkor etilmagan Saudiya klubi "Real" bilan bog'lanib, Vinisius uchun 230 million evro miqdorida transfer taklifi bildirgan. Biroq "qaymoqranglilar" bu masalada aniq pozitsiyasini bildirdi: joriy qishda Vinisius sotilmaydi.
Joriy mavsumda 25 yoshli braziliyalik futbolchi barcha musobaqalarni hisobga olgan holda 29 ta o'yinda ishtirok etdi, 6 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Vinisiusning "Real" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yil o'rtalariga qadar mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
341