Mbappe: «Monako» hozir eng yaxshi formasida emas, ammo...»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 400

"Real" hujumchisi Kilian Mbappe Chempionlar ligasi 7-turi doirasida "Monako"ga qarshi o'yindan kutilmalarini bildirdi.
Uning ta'kidlashicha, raqibning hozirgi holatiga ortiqcha e'tibor qaratish shart emas.
"Hozir "Monako" eng yaxshi holatda emas, ammo bu jamoa har doim yuqori darajaga chiqishni biladi. Biz agressiv harakat qilishimiz kerak, chunki g'alaba qozonishni va sakkizlikdan joy olishni istayapmiz", — deya frantsuz hujumchisining so'zlarini UEFA matbuot xizmati keltirdi.
Shuningdek, Mbappe "Monako"dagi faoliyatini ham eslab o'tdi. Uning so'zlariga ko'ra, forvard klubdan doim minnatdor bo'lib qoladi, chunki aynan "Monako" safidagi o'yinlarisiz u bugungi yutuqlarga erisha olmas edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
351