«Real» qanday holatda Mastantuononi «Inter»ga qo'yib yuborishi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 593

"Inter" yozda yirik transfer amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Calciomercato xabar berdi.
Manba ma'lumotlariga ko'ra, milanliklar uchun asosiy transfer maqsad — "Real" vingeri Franko Mastantuono hisoblanadi. Qayd etilishicha, "Real" argentinalik futbolchini keyinchalik qayta sotib olish huquqi bilan qo'yib yuborishga tayyor. Xuddi shu sxema avvalroq Niko Pasning "Komo"ga o'tishida qo'llanilgan edi.
Franko Mastantuono 2025 yilda 45 million evro evaziga "River Pleyt"dan "Real"ga ko'chib o'tgan. Uning madridliklar bilan shartnomasi 2031 yil 30 iyuniga qadar amal qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
342