Niko Kovach oson o'yin kutmayapti
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 394

"Tottenxem"ga qarshi o'yinda Dortmundning "Borussiya" jamoasini oson bahs kutmayapti. Bu haqda "asalarilar" bosh murabbiyi Niko Kovach ma'lum qildi.
Mutaxassis "shporlar" ketma-ket uchta uy uchrashuvida gol o'tkazmaganiga e'tibor qaratdi. Qolaversa, o'yin aynan Londonda bo'lib o'tadi.
"Biz "Tottenxem" ilk uchta uy o'yinini birorta ham gol o'tkazmasdan yutganini bilamiz. Bu esa ertaga aniq oson o'yin bo'lmasligini anglatadi", — deya Kovachning so'zlarini UEFA matbuot xizmati keltirdi.
Jarohatlar va diskvalifikatsiyalar masalasiga to'xtalgan murabbiy, bunday holatlarda qaydnomadagi boshqa futbolchilar o'z imkoniyatlariga ega bo'lishini ta'kidladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
350