Flik «Barsa» futbolchisining mashg'ulotlarda ishtirok etishini taqiqladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 384

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik yarim himoyachi Dro Fernandesga asosiy jamoa bilan mashg'ulot o'tkazishni taqiqladi. Bu haqda Sport.es xabar berdi.
OAVda bir necha bor 18 yoshli xavbekning "ko'k-anorranglilar" safini tark etishga yaqin ekani haqida xabarlar chiqqan edi. Fernandesni o'z safiga qo'shib olishga "PSJ" qiziqish bildirmoqda. Ehtimoliy transfer summasi 10 million evro deb baholanmoqda.
Joriy mavsumda Ispaniya chempionatida yarim himoyachi 4 ta uchrashuvda ishtirok etdi.
La Liganing 20 turi yakunlariga ko'ra, "Barselona" 49 ochko bilan turnir jadvalida birinchi o'rinni egallab turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
345