«Inter» ustozi «Arsenal»ni Evropaning ikki eng kuchli jamoasidan biri deb atadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 21

"Inter" bosh murabbiyi Kristian Kivu Chempionlar ligasining umumiy bosqichi 7-tur doirasidagi bugungi raqib — "Arsenal" haqida iliq fikr bildirdi.
Rumin mutaxassis hozirgi paytda "Arsenal"ni Evropadagi eng kuchli ikki jamoadan biri deb hisoblaydi.
"Biz Evropadagi eng kuchli jamoalardan biriga qarshi o'ynaymiz. Ularda aniq o'yin uslubi bor va ular doimiy ravishda o'sib bormoqda. Hozir Evropada eng kuchli jamoalar — "Arsenal" va "Bavariya". Biroq biz o'zimiz nimalarga qodir ekanimizni ham yaxshi bilamiz", — deya Kivunung so'zlarini UEFA klub matbuot xizmati keltirdi.
Uning ta'kidlashicha, "Inter" ushbu bahsga faqat g'alaba uchun maydonga tushadi.
Olti turdan keyin "Inter" 12 ochko bilan turnir jadvalida 6-o'rinni egallab turibdi. "Arsenal" esa 18 ochko bilan Chempionlar ligasida peshqadam bo'lib turibdi.

Bosh sahifaga
345