Vengriya terma jamoasi a'zosi APLga ko'chib o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 20

20 yoshli yarim himoyachi Aleks Tot Angliyaning "Bornmut" klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Manba ma'lumotlariga ko'ra, "Bornmut" vengriyalik futbolchi uchun "Ferentsvarosh"ga 12 million evro to'laydi, shuningdek, 3 million evro bonuslar ham ko'zda tutilgan.
Joriy mavsumda Tot barcha musobaqalarda 25 ta o'yinda ishtirok etdi. U 2 ta gol urib, 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 8 million evroni tashkil etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
412