Kante uchun ingliz klubi ham kurashga qo'shilgan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 316

Frantsiyalik tayanch yarim himoyachi N’Golo Kante Saudiyaning "Al-Ittihod" klubini tark etib, Evropa futboliga qaytishi mumkin. Bu haqda insayder Fabritsio Romano o'zining YouTube kanalida ma'lum qildi.
Jurnalist ma'lumotlariga ko'ra, xavbekni o'z safiga qo'shib olishda asosiy favorit — Istanbulning "Fenerbahche" klubi. Shuningdek, Londonning "Chelsi" jamoasida to'p tepgan sobiq futbolchiga Angliya Premer-ligasining bir klubi ham qiziqish bildirmoqda.
34 yoshli Kante 2023 yil yozidan beri Saudiya Arabistoni chempionatida o'ynab kelmoqda. Uning "Al-Ittihod" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil iyun oyi oxiriga qadar mo'ljallangan. Yarim himoyachining bozor qiymati 4,5 million evro deb baholanmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
413