"MYu" Nevesh transferi bo'yicha "Al-Hilol"ga taklif yubordi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 28

Portugaliyalik yarim himoyachi Ruben Nevesh Saudiyaning "Al-Hilol" klubidan Angliya Premer-ligasiga ko'chib o'tishi mumkin. Uning xizmatlariga "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda.
Jurnalist Ekrem Konur ma'lumotlariga ko'ra, "qizil iblislar" rahbariyati futbolchini transfer qilish bo'yicha taklif bilan chiqqan. Mankunianliklar Nevesh uchun 23 million evro to'lashga tayyor. Shu bilan birga, Rubenning Saudiya klubi bilan amaldagi mehnat shartnomasi kelasi yozda o'z yakuniga etadi.
Joriy mavsumda portugaliyalik yarim himoyachi "Al-Hilol" safida 21 ta o'yinda ishtirok etdi. Nevesh o'z hisobiga 8 ta gol va 4 ta golli uzatmani yozdirib qo'ygan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
416