"Al-Ittihod" vingeri "Manchester Yunayted"ning transfer maqsadiga aylandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 7177

"Al-Ittihod" vingeri Mussa Diabi Angliyaga qaytishi mumkin. Bu haqda Britaniya OAVlari xabar berdi.
Manba ma'lumotlariga ko'ra, frantsuz futbolchisini o'z safiga qo'shib olishga "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda. "Qizil iblislar" Diabini 50 million evro evaziga sotib olish huquqi bilan ijaraga olishga tayyor.
Mussa Diabi 2024 yilda 60 million evro evaziga "Aston Villa"dan "Al-Ittihod"ga ko'chib o'tgan edi. Uning Saudiya klubi bilan tuzgan shartnomasi 2029 yil 30 iyuniga qadar amal qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
430