"Barsa" "Real Sosedad" darvozaboniga qiziqib qoldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 258

"Barselona" "Real Sosedad" darvozaboni Aleks Remiroga qiziqish bildirmoqda.
Mundo Deportivo ma'lumotiga ko'ra, kataloniyaliklar 30 yoshli golkiperni anchadan beri kuzatib kelmoqda va uni Joan Garsiya uchun ishonchli zaxira sifatida ko'rishmoqda. "Barselona" sport direktori Deku o'tgan yozda Garsiya bilan shartnoma imzolashdan oldin Remiro vaziyati bilan bir necha bor qiziqqan.
Qayd etilishicha, 2025 yil yozida Remironing tovon puli 50 million evroni tashkil etgan. 2026 yilda esa, ya'ni uning "Sosedad" bilan shartnomasi tugashiga bir yil qolganda, futbolchining transfer qiymati 10 million evrodan ham pastga tushishi mumkin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
448