Niko Pas joriy mavsum A Seriyada "gol+pas" bo'yicha faqat Lautarodan ortda qolmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 157

"Komo" yarim himoyachisi Niko Pas A Seriya joriy mavsumida o'zining 7- va 8-gollarini urdi.
Argentinalik futbolchi Italiya chempionatining 21-turida "Latsio"ga qarshi bahsning 24 va 49-daqiqalarida raqib darvozasini ishg'ol qildi (3:1). Shuningdek, u 35-daqiqada penaltidan foydalana olmadi.
Mavsum davomida Pas chempionatda 21 ta o'yinda 8 ta gol urib, 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan. «Gol+pas» tizimi bo'yicha undan ko'proq ochko faqat "Inter" hujumchisi Lautaro Martinesda bor — 15 (11+4).
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
436