"Torino" "Benfika" himoyachisini ijaraga oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 151

"Torino" "Benfika" himoyachisi Rafael Obradorni ijara asosida o'z safiga qo'shib oldi. Ijara shartnomasi 2026 yil 30 iyuniga qadar amal qiladi.
21 yoshli ispaniyalik futbolchi 2025 yil iyul oyidan beri portugaliyaliklar safida to'p tepib kelmoqda. Uning "Benfika" bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
2025/26 mavsumda Obrador 3 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 2 million evro deb baholaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
447