"Tottenxem" Frankni iste'foga chiqarsa, Pochettinoning qaytishini ko'rib chiqadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 15

"Tottenxem" bosh murabbiyi Tomas Frank "Vest Xem"ga qarshi 1:2 hisobidagi mag'lubiyatdan keyin ham o'z lavozimini saqlab qoldi. Biroq Frank hali ham bosim ostida — agar natijalar yomonligicha qolsa, mutaxassis ishdan bo'shatilishi mumkin.
Frank iste'foga chiqarilgan taqdirda, kutilganidek, "Tottenxem" vaqtinchalik murabbiy tayinlaydi va yozda doimiy bosh murabbiyni olib keladi. The Telegraph xabariga ko'ra, bunday stsenariyda londonliklar Maurisio Pochettino nomzodini ko'rib chiqadi.
Avvalroq OAVda Pochettino AQSh terma jamoasidagi faoliyati yakunlangach, "Tottenxem"ga qaytishga ochiq ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Maurisio Pochettino 2014–2019 yillarda "Tottenxem"ni boshqargan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
313