Peres portugaliyalik xavbekning "Real"ga o'tishiga qarshi chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 58

"Real" maydon markazida muammolarga duch kelmoqda. Bir muddat avval OAV Madrid grandini "Al-Hilol" yarim himoyachisi Ruben Nevesh bilan bog'lay boshlagan edi.
The Touchline Carrusel Deportivoga tayanib xabar berishicha, Nevesh qishdayoq "Real" bilan shartnoma imzolashni istagan, biroq Madrid klubi prezidenti Florentino Peres ushbu transferni ma'qullamayapti.
Ruben Nevesh 2023 yil yozidan beri "Al-Hilol" sharafini himoya qilib kelmoqda. U Evropa qit'asida avval "Portu" va "Vulverxempton" safida to'p tepgan.
Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, 28 yoshli Neveshning bozor qiymati 25 million evroni tashkil etadi. U Portugaliya terma jamoasi futbolchisi hisoblanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
400