Tarixda ilk bor O'zbekiston mezbonlik qiladigan FIFA Series turnirining barcha ishtirokchilari ma'lum
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 730

FIFA tomonidan har ikki yilda bir marta o'tkaziladigan FIFA Series xalqaro futbol musobaqasi doirasida turli konfederatsiyalarga mansub milliy terma jamoalar o'rtasida xalqaro o'rtoqlik uchrashuvlari tashkil etiladi. Musobaqa mini-turnirlar shaklida o'tkazilib, har bir mini-turnirda to'rt jamoa ishtirok etadi hamda bellashuvlar bitta markazlashgan mezbon davlatda bo'lib o'tadi.
O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi tashabbusi bilan Markaziy Osiyoda ilk bor bo'lib o'tadigan mazkur turnir ishtirokchilari rasman e'lon qilindi. Unga ko'ra, mezbon O'zbekistondan tashqari musobaqada Gabon, Trinidad va Tobago hamda Venesuela milliy terma jamoalari ishtirok etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
345